Retour aux promos
Ipak Yuli Mobile: Onlayn Bank

Finance

Gratuit

Ipak Yuli Mobile: Onlayn Bank

par Ipak Yuli Bank

v2.6.0 317 Mo Universel 12+

Captures d'écran

Description

Ipak Yuli Mobile — smartfoningizdagi ishonchli mobil ilova.
Online Mobile Banking moliyaviy boshqaruv — istalgan vaqtda, istalgan joyda.
To‘lovlar, pul o‘tkazmalari, mikroqarzlar va valyuta ayirboshlash — barchasi bir ilovada.
Bankka borish shart emas — sizning mobil hamyoningiz telefoningizda.


Xavfsizlik
— Ilovaga kirish: kod, barmoq izi yoki yuzni aniqlash orqali
— Kartalar uchun PIN-kod o‘rnating, darhol bloklang yoki qayta chiqarib oling
— Ulangan qurilmalarni boshqaring
— Xalqaro Visa va Mastercard kartalari uchun 3D Secure yoqing
— Karta ishlaydigan mamlakatlarni tanlang — kartalaringizni himoyalang

To‘lovlar va o‘tkazmalar
— Mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar va jarimalar to‘lovi
— Ipak Yuli Bank kartalari o‘rtasida komissiyasiz o‘tkazmalar
— Boshqa bank kartalaridan Ipak Yuli Bank kartalariga — minimal komissiya bilan pul o‘tkazmalari
— Telefon raqami orqali to‘lov
— 24/7 ekspress o‘tkazmalar
— Visa Direct orqali 98 ta mamlakatga xalqaro pul jo‘natish
— Zolotaya Korona, Western Union, MoneyExpress xizmatlari
— Avtoto‘lov sozlamasi

Kartalar va hisoblar
— Visa, Mastercard, UnionPay, Uzcard, Humo va Virtual Visa kartalarini darhol ochish
— Kartani yetkazib berish va shaxsiy dizayn
— Tranzaktsiyalar tarixi, chek va ma’lumotnomalarni ko‘rish va buyurtma qilish
— Operatsiyalar haqida bildirishnomalarni sozlang

Omonatlar
— Qo‘shimcha, qisman yechish yoki oyma-oy foiz to‘lanadigan foydali omonatlar
— To‘lovlar tarixini kuzating, hisobot va kvitansiyalarni buyurtma qiling

Mikroqarz
— 2 daqiqada onlayn mikroqarz
— Ilovada rasmiylashtiring: pul hamyonga tushadi. Hamyondan Ipak Yuli Bank kartalariga komissiyasiz pul o‘tkazing
— Tezkor qaror va shaffof shartlar

Valyuta ayirboshlash
— Valyutani foydali kurslarda sotib oling yoki soting
— Hisoblar orasida konversiya: UZS/USD, USD/UZS— istalgan vaqtda

Bankomatlar va filiallar
— Yaqin bankomatlar va filiallarni toping
— Naqd pul yechish va USD/SO‘M hisoblarni to‘ldirish
— Bankomatda valyuta ayirboshlash
— QR-kod orqali kartasiz pul yechish

24/7 Qo‘llab-quvvatlash
— Chat, qo‘ng‘iroq yoki qo‘ng‘iroq buyurtmasi
— MyID orqali tez va qulay identifikatsiya

Nega aynan Ipak Yuli Mobile?

Ilovani yuklab oling va mablag‘laringizni oson boshqaring. Bu sizning mobil bankingiz: pul o‘tkazmalari, omonatlar va kartalar bilan to‘liq boshqaruv.
Batafsil ma’lumot — rasmiy veb-saytda: https://ipakyulibank.uz/physical.

Nouveautés (v2.6.0)

Nima yangiliklar bor:

– Sessiyalar tarixi va ulangan qurilmalar qo‘shildi;
– Barqarorlik yaxshilandi, xatolar tuzatildi.

Katta maqsadlar sari yangilanamiz.

Что нового:

– Добавлена история сессий и подключённых устройств;
– Улучшена стабильность, исправлены ошибки.

Обновляемся ради больших целей.