Retour aux promos
Al Quran - القران

Education

Gratuit

Al Quran - القران

par ALQURAN MASS MEDIA, MCHJ

v4.9.8 190 Mo Universel 4+

Description

Al-Qur’an ilovasi – bu zamonaviy musulmonlar uchun mo‘ljallangan, qulay va boy funksiyalarga ega elektron mus’haf ilovasidir. Quyidagi imkoniyatlar sizning Qur’on o‘qish va ibodatdagi tajribangizni yanada qulay va mazmunli qiladi:

• Qur’on o‘qish imkoniyati
To‘liq elektron mus’haf – istalgan paytda va istalgan joyda Qur’on o‘qish imkonini beradi.

• Tarjimalar va tilovatlarni tinglash
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining tarjima ma’nolarini o‘qish va audio shaklida tinglash imkoniyati.
Shuningdek, Shayx Alijon qorining o‘ziga xos tilovatlarini eshitish imkoniyati mavjud.

• Namoz vaqtlaridan boxabar bo‘ling
Siz turgan hududga mos ravishda aniq namoz vaqtlari ko‘rsatiladi.

• Azonli eslatmalar
Namoz vaqti kirganda Shayx Alijon qorining azon ovozi orqali eslatma olinadi.

• Zamonaviy va qulay interfeys
Ilova interfeysi foydalanuvchiga qulay tarzda yaratilgan, shuningdek, tun rejimi ham mavjud.

• Al-Fatiha onlayn bo‘limi
Qiroatingizni ustozlarga yuborish va ular tomonidan tekshirish imkoniyati mavjud.

• Muallimi Soniy video darslari
Qur’on o‘rganishni istaganlar uchun bosqichma-bosqich video darsliklar.

• Al-Fatiha Kids
Bolajonlar uchun maxsus tayyorlangan rangli va qiziqarli Qur’on darslari.

Tasbeh bo‘limi
Zikr va salavotlar uchun qulay tasbeh funksiyasi.

• Tonggi va kechki zikrlar
Har kunlik zikrlar to‘plami – tongda va kechda o‘qilishi tavsiya qilingan duolar.

• Taqvim
Bir oylik namoz vaqtlarini ko‘rish imkoniyati bilan boyitilgan taqvim.

• Online Al-Qur’an Radio
Doimiy Qur’on tilovati eshitishni istaganlar uchun maxsus radio bo‘lim.

• Qibla ko‘rsatkich
Siz turgan joydan Qiblani aniqlovchi ko‘rsatkich.

Bu ilova Qur’on bilan yaqinroq bo‘lish, ibodatni tartibga solish va diniy bilimlarni oshirish uchun ishonchli hamrohingiz bo‘ladi.
Al-Qur’an ilovasini yuklab oling va har kuningizni Qur’on bilan boshlang!

Nouveautés (v4.9.8)

Xatoliklar tuzatildi