Retour aux promos
SafeRoad YHXX

Utilitaires

Gratuit

SafeRoad YHXX

par AUTODOC MCHJ

v1.8.3 137 Mo Universel 17+

Description

Barcha avtomobil xizmatlari bitta ilovada – hayotingizni yengillashtiring!

SafeRoad YHXX bilan avtomobilingiz haqida kerakli barcha ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz va ularni boshqarishingiz mumkin. Jarimalar, texnik ko‘rik, sug‘urta, tonirovka va boshqa xizmatlarni kuzatish endi yanada oson va tezkor. Yo‘ldaligingizda ham, barcha xizmatlardan foydalaning va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiring.
Ilova imkoniyatlari:

- Jarimalar haqida ogohlantirish va to‘lov
Jarimaga tushganingizda birinchilardan bo‘lib bildirishnoma qabul qiling. Chegirma bilan to‘lov qiling va cheklarni saqlang.

- Texnik ko‘rikni kuzatib boring
Avtomobilingizni texnik ko‘rikdan o‘tish muddati haqida eslatmalarni oling va muddati yaqinlashganda tayyor turing.

- Sug‘urta boshqaruvi
Sug‘urta holatini ko‘ring va kerak bo‘lsa yangilang, hech narsa ko‘zingizdan chetda qolmaydi.

- Tonirovka holatini kuzatish
Ruxsat va hujjatlar bo‘yicha ma'lumotlar doimo qo‘l ostingizda bo‘ladi.

- Moy va gaz hisobotlari
Moy almashtirish yoki gaz nazoratini oson rejalashtiring va muddatlarni esdan chiqarmang.

- Ishonchnoma rasmiylashtiring
Avtomobil boshqaruvingizni ishonchnoma orqali boshqalarga o‘tkazing va jarayonni nazorat qiling.

Soddalik va xavfsizlik – yo‘lda ham, uyda ham!

SafeRoad YHXX – rasmiy boshqarma organlari bilan integratsiyalashgan mobil ilova bo‘lib, avtomobilingiz haqida ma'lumotlarni har qanday vaqtda, istalgan joyda olish imkonini beradi. Davlat raqam belgisi va texnik pasport ma'lumotlari orqali darhol barcha xizmatlardan foydalaning.


Endi avtomobil boshqaruvi muammo emas – SafeRoad YHXX bilan yo‘llarda ham ishonch va osoyishtalik siz bilan!

Nouveautés (v1.8.3)

В этом обновлении:
- Видеоинструкции. Добавили обучающие видео: при первом обращении к услуге «Передача штрафа по доверенности» (каршеринг) и при оформлении рассрочки теперь сразу понятно, как пользоваться услугой.
- Тонировка. Разрешение на тонировку можно скачать в формате PDF прямо в приложении.
- ОСАГО. Ускорили и упростили оформление полиса, устранили ошибки при оплате.
- Штрафы. В детали штрафа добавили кнопку обновления статуса.
- Обновили иконки, улучшили совместимость с iOS 26 и общую стабильность приложения.

Спасибо, что пользуетесь SafeRoad!
Пишите отзывы - мы становимся лучше для вас.