Retour aux promos
Nikoh

Reseaux sociaux

Gratuit

Nikoh

par Mohirlar Xizmati LLC

v1.0.17 72 Mo Universel 17+

Description

nikoh.app — jiddiy nikoh maqsadidagi tanishuv platformasi
nikoh.app bu oddiy dating ilova emas. Bu foydalanuvchilarni jiddiy nikohga tayyorlash va mos juftlik topishga yordam beradigan, tartibli va nazoratli matchmaking platformadir.

Jiddiy niyatdan boshlanadi
Foydalanuvchilar onboarding jarayonida nikohga tayyorlik muddatini belgilaydi. Platforma faqat jiddiy munosabat izlayotganlar uchun mo‘ljallangan.

Oila orqali tanishuv
nikoh.app’da qarindoshlar vakil sifatida profil yaratib, nomzod tanlashda yordam berishi mumkin. Bu an’anaviy va madaniy jihatdan mos yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi.

AI asosida mos nomzodlar
Platforma sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchilarni moslik omillari asosida saralaydi:
- yosh
- hudud
- nikoh muddati
- profil ma’lumotlari

Tartibli tanishuv jarayoni
Bu yerda tasodifiy yozishmalar yo‘q:
1) Avval tanishuv so‘rovi yuboriladi
2) Faqat ikki tomon roziligi bilan chat ochiladi
3) Tanishuv bosqichma-bosqich rivojlanadi

Nazoratli va maqsadli suhbat
Chat oddiy messenger emas:
- Aloqa almashish boshqariladi
- Keyingi bosqichlar aniq belgilangan
- Har bir qadam nazorat ostida

AI Sovchi
Foydalanuvchi qidiruv so‘rovi yozadi va AI yordamida mos nomzodlar topiladi.

Maxfiylik va xavfsizlik
Foydalanuvchi ma’lumotlari himoyalangan. AI funksiyalar ishlatilganda foydalanuvchiga ochiq ko‘rsatiladi va rozilik asosida ishlaydi.

nikoh.app — jiddiy nikohni maqsad qilgan foydalanuvchilar uchun yaratilgan platforma. Bu yerda har bir tanishuv maqsadli, tartibli va mas’uliyatli tarzda amalga oshiriladi.

Nouveautés (v1.0.17)

added nationality and languages of candidate in the profile section