Retour aux promos
MyDX: Davlat xizmatchisi

Style de vie

Gratuit

MyDX: Davlat xizmatchisi

par O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI

v1.0.13 35 Mo Universel 4+

Description

"Davlat xizmatchisi" mobil ilovasi — davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini oshirish, inson kapitali salohiyatini rivojlantirish va tezkor hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan raqamli platforma.

Ilovaning asosiy maqsadi — davlat xizmatida samarali va shaffof boshqaruvni yo‘lga qo‘yish orqali xodimlar malakasi va ish unumdorligini oshirishdir. Foydalanuvchilar ilova orqali bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, test sinovlarida ishtirok etish hamda o‘z shaxsiy maʼlumotlarini boshqarish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, xizmatchining diplomi, ish joyi, lavozimi va mehnat staji kabi muhim maʼlumotlar ilova orqali ko‘rsatilib, doimiy yangilanib boradi.

Ilova, davlat organlari xodimlari o‘rtasidagi samarali aloqalarni mustahkamlash uchun kontakt maʼlumotlari bazasini shakllantirish imkonini ham beradi. Shu orqali o‘zaro hamkorlik, kadrlar salohiyati va raqamli boshqaruv imkoniyatlari kengayadi. Ilovada axborot xavfsizligi va shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

"Davlat xizmatchisi" — davlat xizmatiga ishonchli oyna. Ilovani yuklab oling va zamonaviy davlat xizmati tizimi bilan yaqindan tanishing.

Nouveautés (v1.0.13)

Yangi imkoniyatlar:

Hujjatlar bo'limi: Ish yuritayotgan korxonalarga masofadan turib ariza yo'llash moduli ishga tushirildi.

E-mail integratsiyasi: Respublikadagi davlat tashkilotlarining rasmiy elektron manzillariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Barqarorlik: Ilovaning ishlash unumdorligi optimallashtirildi